
Garet Sautgeyt Angliyada "Yil murabbiyi" deb topildi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt mamlakatning 2018 yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sautgeyt boshqaruvidagi Angliya terma jamoasi joriy yil yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga qadar etib bordi. Bu esa inglizlarning so‘nggi 28 yil ichidagi mundiallardagi eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Fikrlar