
Garbin Mugurusa ilk bahsda barchani lol qoldirdi
Avstraliyaning Melburn shahrida tennis bayrami davom etmoqda. Ayni damda u erda "Australian Open" turnirining birinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqada ispaniyalik Garbin Mugurusa ilk uchrashuvini xitoylik Chjen Say-Sayga qarshi o‘tkazib, yakunda 6:2, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa g‘alaba qozongan Mugurusa Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar