
Galiulinning sobiq jamoasi o‘tgan mavsumdagi qarzdorliklarni to‘lashni boshladi
O‘tgan mavus sensatsion tarzda Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan va keyinchalik faoliyati to‘xtatilgan “Tosno” klubi futbolchilar oldidagi qarzlarini bartaraf etishni boshladi.
RIA Novosti tarqatgan xabarga ko‘ra ayrim futbolchilarga 2-3 oylik maoshlari to‘lab berilgan. Biroq, maoshning qolgan qismini ham to‘lanishi so‘roq ostida qolmoqda. Ammo murabbiylar shtabi va klub xodimlari to‘liq hisob-kitob qilingan. Endi qarzdorlik faqat futbolchilar orasida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum “Tosno” safida hamyurtimiz Vagiz Galiulin ham to‘p surgan edi.
Fikrlar