Futzal: “Olmaliq” “Paxtakor”ni yirik hisobda tor-mor qildi

CHERY AUTO


Futzal bo‘yicha XXI milliy chempionat ikkinchi bosqich bellashuvlariga start berildi. Bugun chorak finalning dastlabki kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi chempion "Olmaliq" guruh bosqichini 8-o‘rinda yakunlagan "Paxtakor"ni yirik hisobda taslim etdi, deya xabar beradi O‘FU matbuot xizmati.

Tecno

Oliy liga
Chorak final
06.03.2017

"Olmaliq" - "Paxtakor" 11:4

Gollar: S.Shoahmedov 1, F.Abdumavlonov 7, 15, 20, J.Anorov 8, 16, 25, 35, J.Sharipov 9, 38, A.Shlema 39 - Sh.Shobahromov 24, 30 (pen.), S.Auxatov 35 (dabl pen.), M.Mirhamidov 36.


Keskin kurashlarga boy va tengma-teng o‘tgan o‘yinda "Do‘stlik-AIN" jamoasi "Maksam-Chirchiq"ni kichik hisobda mag‘lub etdi.

"Maksam-Chirchiq" - "Do‘stlik-AIN" 1:2

Gollar: T.To‘raqulov 15 - F.Faxriddinov 1, Sh.Mustafoev 36

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!