
"Fulxem" o‘z safiga 2 nafar futbolchini qo‘shib oldi
Londonning "Fulxem" klubi o‘zining rasmiy saytida ikki nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra londonliklar "Xoffenxaym"dan norvegiyalik himoyachi Xovard Nordtveydtni mavsum yakunigacha ijaraga olishdi. Shuningdek, ular "Liverpul" bilan shartnomasini bekor qilib erkin agentga aylangan serbiyalik yarim himoyachi Lazar Markovich bilan yarim yillik shartnoma imzolashgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Nordtveyt joriy mavsum "Xoffenxaym" safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib 1ta gol urishga erishdi. 24 yoshli Markovich esa bu mavsum biror marta ham maydonga tushgani yo‘q.
Fikrlar