
"Fulxem" futbolchilari mashg‘ulot paytida janjallashib ketishdi
Londonning "Fulxem" klubi futbolchilari Aleksandar Mitrovich va Abubakar Kamara mashg‘ulot paytida o‘zaro janjallashib ketishdi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, Mitrovich Kamarani yoga bo‘yicha murabbiyga qo‘qpol munosabatda bo‘lgani uchun tortishgan.
Eslatib o‘tamiz, Kamara o‘tgan hafta “Xaddersfild”ga qarshi o‘yinda penaltini Mitrovichga tepishga bermagan edi. O‘z navbatida jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri ham Kamaradan tezroq qutulmoqchi.
Fikrlar