
Freddi Rouch Pakyaoning Jeff Xorndan revansh olishini istamoqda
Boks murabbiylaridan biri Freddi Rouchning so‘zlariga ko‘ra, shogirdi sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni Menni Pakyao birinchi o‘rta vaznda WBO chempioni Jeff Xorn bilan revansh jangini o‘tkazish bo‘yicha taklif olganini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari birinchi yarim o‘rta vazn toifasining mutloq Terens Krouford va yana bir qancha bokschilar bilan ham jang qilish imkoniyati borligini qo‘shimcha qilgan. 38 yoshli bokschining murabbiyi Pakyaoning Xorndan revansh ololishiga ishonmoqda.
– Men uning Jeff Xorn bilan revansh jangini o‘tkazishni istayman, — deya Rouchning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri. – Bu nazarimda hozirgi vaqtning eng yaxshi to‘qnashuvi bo‘lar edi. Bu ehtimol kelasi yil boshida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bizda yana Krouford va bir qancha bokschilar bilan uchrashish bo‘yicha takliflar bor. Menni faoliyatini yakunlashga yaqin turibdi, ammo uning hali kuchi bor.
Fikrlar