Frantsuz go‘zali 25 yoshga to‘ldi
Bugun, 16 oktyabr kuni frantsiyalik tennischi Karolin Garsiya 25 yoshga to‘ldi.
Karolin Garsiya 1993 yilning 16 oktyabr kuni Frantsiyaning Sen-Jermen-an-Le shahrida tug‘ilgan. U besh yoshidan beri tennis bilan shug‘ullanadi. Professional tennisdagi faoliyatini 2007 yilda boshlagan.
U o‘tgan yillar mobaynida 5 marotaba yakkalik bahslarida, 6 marotaba esa juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Karolin shu kunga qadar 8,987,780 AQSh dollarini ishlab topgan.



Fikrlar