Frantsiya chempionatiga chiqqan ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 20 may, 2017, 08:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya Ikkinchi divionida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Bur-an-Bress”ni mag‘lub etgan “Strasbur” klubi 67 ochko to‘plab, ligada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va kelgusi yili Frantsiya oliy divizionida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ikkinchi o‘rinni esa “Reyms”ga qarshi o‘yinning 95-daqiqasida kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozongan “Amen” klubi qo‘lga kiritdi. Mavsum davomida  66 ochko to‘plagan “Amen” o‘z tarixida ilk bor Frantsiya Birinchi divizionida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin esa “Trua”ga nasib etdi. So‘nggi turda mazkur jamoa “Sosho” bilan bahs yuritdi va ajoyib “kambek” evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Endi “Trua” Liga 1 da 18-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!