
Fozil Musaev OChL yarim finaliga chiqqan jamoa darvozasini ishg‘ol qildi (video)
Bugun Yaponiya J Ligasida 26-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. Hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi o‘z maydonida "Urava Reds" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu mavsum OChL yarim finaliga chiqqan "Urava"ga qarshi bahsning 21-daqiqasida Fozil gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Raqib jarima maydoni ichida yuzaga kelgan sarosima va pala-partishliklardan Musaev unumli foydalana oldi.
Biroq yakunda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Quyida ushbu hamyurtimiz tomonidan kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar