
"Fiorentina" Simeone bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Italiyaning "Fiorentina" klubi o‘zining argentinalik forvardi Jovanni Simeone bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “binafsharanglilar” 23 yoshli futbolchiga 2023 yilga qadar bo‘lgan shartnoma taklif qilishmoqchi. Agar Jovanni ushbu kelishuvni imzolasa, uning maoshi yiliga 2 million evroga etadi.
Ma’lumot uchun, Jovanni Simeone “Fiorentina” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 42ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar