
Fekir "Chelsi"ga o‘tishga juda yaqin turibdi
Londonning "Chelsi" klubi yaqin vaqtlar ichida "Lion" etakchisi Nabil Fekirni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda TransfersLlVE nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “aristokratlar”ning 25 yoshli frantsiyalik futbolchi transferi borasida frantsuz klubi bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan. Ma’lumotlarga qaraganda Fekirning "Stemford Brij"ga ko‘chib o‘tishi “Chelsi”ga 56 mln evroga tushadi.
Ma’lumot uchun, Fekir o‘tgan mavsum “Lion” safida jami 40ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 23ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar