
Farg‘onada tennis malikalari saralanmoqda
Xabaringiz bor Farg‘onada xotin-qizlar o‘rtasida ITF musobqalar taqvimidan joy olgan xalqaro tennis turniri o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning saralash bahslarida bir qator tennischilarimiz qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zaro raqiblarga aylandi.
Asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun yosh tennischilarimiz Kristina Mayer va Barno Xusainbekova o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur uchrashuv 6:1, 6:2 hisobida Kristina foydasiga yakunlandi.
Aziza Yaxshilikova hamda Shahsiya To‘xtamova bahsida 7:6, 2:6, 6:3 hisobi qayd etildi. Turnir davom etmoqda.
Fikrlar