Fabregas Frantsiyaga yo‘l olmoqda yoxud amalga oshishi kutilayotgan eng shov-shuvli transferlar

  • 5 yanvar, 2019, 13:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionatlarida qishki transferlar mavsumi endigina ochildi va bu vaqtga qadar bir qancha transferlar amalga oshgan bo‘lsa, yana bir qancha shov-shuvli xaridlar amalga oshishi kutilmoqda. Shular eng mashhurlarini sanab o‘tamiz.

Tecno

Sesk Fabregas — “Monako
31 yosh; “Chelsi” bilan shartnomasi 2019 yil yoziga qadar.

fabregas_3

“Sautgempton”ga (0:0, 2 yanvar) qarshi o‘yin “Barselona” tarbiyalanuvchisi uchun ingliz klublaridagi 500-o‘yin bo‘ldi. Bu futbolchining “tumanli albion”dagi uzoq yillik faoliyati shu tarzda yakun topishi kutilmoqda. O‘sha o‘yindan so‘ng Fabregas muxlislarga ta’sirli murojaat qilib, shanba kuni “Stemford Brij”da londonliklarning Angliya kubogi 1/32 finali doirasida “Nottingem Forest” bilan bo‘ladigan o‘yinga taklif qilgan. Ingliz OAV tarqatgan xabariga ko‘ra, aynan shu bahs ispaniyalik futbolchining Angliyadagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ladi.

Mauritsio Sarri jamoaga kelgandan so‘ng u asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi (bu mavsum 31 o‘yinda 15 tasida ishtirok etgan) va anchadan beri yaxshi o‘yin namoyish qilmayapti. Bu vaziyatdan “Monako” unumli foydalanib qolmoqchi. Bu erda Sesk bir vaqtlar “Arsenal”dagi sobiq jamoadoshi Terri Anri qo‘l ostida to‘p suradi.

Nabil Fekir — “Real” / “Barselona” / “Chelsi” / “Bavariya
25 yosh, “Lion” bilan shartnomasi 2020 yil yozigacha.

fekir_1

Ikkinchi marta transferlar mavsumida “Lion” sardorining shu yoki boshqa top klublarga o‘tishi borasida muzokaralar ketmoqda. O‘tgan yozda futbolchi “Liverpul”ga o‘tishga juda yaqin kelgan edi, ammo yakunda transfer o‘xshamadi. Fekirning bundan xafsalasi pir bo‘ldi, shundan so‘ng Yurgen Klopp jamoaga o‘ta olmagani tarixga aylanganini aytdi.

Nabilda shuningdek, “Lion” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaslik huquqi bor. Uning uchun “Real” “Barselona” va “Chelsi” (Sarrining shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda) va “Bavariya” bilan kurash olib bormoqda. Bundan tashqari Korenten Tolissoning xaridi uning boshqa jamoaga o‘tishiga yordam berishi mumkin. Unda tanlash imkoni bor. Muhimi to‘g‘ri qaror chiqarishda adashmaslik.

Boshqa tomondan olib qaraganda Nabil EChL 1/8 finalida “Barselona” bilan bo‘ladigan o‘yinlarda frantsuzlarga katta yordam berishi mumkin. Biroq Lionel Messiga qarshi bahsda yutqazadigan bo‘lsa, uning transfer narxiga (taxminan 70 million evro) putur etish xavfi ham bor.

Shuningdek, “Lion” uning transferini yanvar oyida rasmiylashtirib, xaridni 2018/19 mavsum oxirida amalga oshirish imkoni ham yo‘q emas

Aaron Remsi — “Yuventus”
28 yosh; “Arsenal” bilan shartnomasi 2019 yil yozigacha.

ramsey

Uelslik futbolchi “Arsenal”da 17 yoshidan beri to‘p surib kelmoqda. Ammo barchasi Arsen Vengerning London klubidagi faoliyatiga to‘g‘ri kelgan. Endi esa bu poyoniga etayotganga o‘xshamoqda. Remsining “to‘pchilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi va o‘yinchi professional faoliyatini Buyuk Britaniyadan tashqarida yuritmoqchi.

Hozirda unga asosiy da’vogar “Yuventus” bo‘lib turibdi. Ayniqsa turinliklar sport direktori Fabio Paratichi hammadan ko‘p xohlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, klub har doim erkin agentlarni jiddiy kuzatib boradi. Masalan Sami Xedira, Dani Alves va Emre Jan. OAVda allqachon Remsi “Yuventus” bilan 4 yillik shartnoma (8 mln evro maosh yiliga) tuzganligi haqida ma’lum qilib bo‘ldi. Ammo Italiya chempionining bergan ma’lumotga ko‘ra, bu yakuniga etmagan va uelslik futbolchiga yana bir qancha klublar qizqish bildirishmoqda. Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, gap “Bavariya”, “Inter”, PSJ va “Real” haqida ketmoqda.

Shuncha gap-so‘zga qaramasdan “to‘pchilar” ustozi Unai Emeri Aaronning mavsum oxirigacha qolishini ta’kidlamoqda va unga o‘yin amaliyoti bermoqchi. 1 yanvar kuni u 15 daqiqa o‘ynab, “Fulxem” darvozasini ishg‘ol qilishga ham ulgurdi.

Frenki de Yong — “Manchester Siti” / PSJ / “Bavariya
21 yosh; “Ayaks” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar.

de yong

Fekir singari bu futbolchiga ham bir qator grandlar anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Ko‘p jamoalar esa o‘tgan yozda uni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqa olishmadi. O‘shanda uning transfer narxi atigi 7 million evro edi. Dekbar oyida transfermarkt.de De Yongni 60 millionga baholadi. Shunday qilib Frenki yarim yilda o‘z narxini 8,5 martaga oshirdi.

Amsterdamliklar esa o‘z etakchisini 75 million evroga baholamoqda. Bu narx “Barselona”ni qo‘rqitib yubordi va boshqa variantlarni ham qidira boshlashdi. Ammo jahon futbolida har qanday yirik miqdordagi mablag‘larni transfer uchun sarflaydigan jamoalar ham etarlicha topiladi. Birinchi navbatda “Manchester Siti” va PSJ. Shuningdek “Bavariya” ham. Agar ingliz va frantsuz grandlari moliyaviy fair play’ni hal qila olsa, UEFA bu xaridga ruxsat bersa transferning amalga oshishida muammo qolmaydi. Boshqa masala myunxenliklar. Daily Mail nashrining xabar tarqatishicha, nemis klubi de Yongning o‘z tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylantirmoqchi va uning uchun 78 million evro berishga tayyor.

Adrien Rabo — “Barselona
23 yosh, PSJ bilan shartnomasi 2019 yil yoziga qadar.

rabo

O‘tgan yili bu yarim himoyachi frantsuz futbolining asosiy mavzusiga aylanmadi. JCh-2018 turniri oldidan u Frantsiya terma jamoasidan o‘rin olmadi, chunki uning nomi so‘ngi qaydnomaga kiritilmagan. Keyin u PSJ rahbariyati bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. OAV esa qishda parijliklar Raboni 5 mln evro evaziga qo‘yib yuborishi haqida xabar tarqatdi. "Ko‘k-anorranglilar" futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazganligi haqidagi xabarni rad etdi. Ular PSJga ikki marta rasmiy taklif bilan chiqqan.

Rabo atrofidagi bu voqealardan so‘ng Tomas Tuxel uni tarkibga qaytarishga urinmoqda. Shunday bo‘lsada uning jamoani tark etish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!