
Fabio Fonini Kordovada "qovun tushurdi"
Italiyalik tennischi Fabio Fonini Kordova shahrida o‘tayotgan turnirning chorak final bosqichiga kutilmaganda chiqa olmadi.
Fabio musobaqaning ikkinchi davrasida sloveniyalik Alyaj Bedenga qarshi kortga chiqdi. Alyaj uchrashuvning boshlaridanoq hujumkor o‘yin namoyish etdi va 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Endi "Cordoba Open" musobaqasining chorak finalida Beden urugvaylik Pablo Kuevasga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar