
FIFA prezidenti Ravshan Ermatovning JCh-2022da ham ishtirok etishiga sha’ma qildimi?
Qit’amizda har to‘rt yilda bir o‘tkaziladigan Osiyo Kubogi shu yilning 5 yanvardan 1 fevralga qadar BAA maydonlarida bo‘lib o‘tganidan yaxshi xabardorsiz. O‘zbekiston milliy terma jamoasi nimchorak finalda Avstraliyaga yutqazib qo‘yganini o‘zimiz uchun og‘ir qabul qilgan bo‘lsak-da, mazkur musobaqaning finali uchrashuvida baribir O‘zbekiston nomi tarixdan joy oldi. Hal qiluvchi bahsda Yaponiya hamda Qatar terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni boshqarib borish hamyurtimiz – Ravshan Ermatov brigadasiga ishonib topshirilgani biz uchun quvonarli bo‘ldi. Shu tariqa, faoliyati davomida ikkinchi bor Osiyo Kubogi finalini boshqarish orqali tarixdan joy oldi. Shuningdek, ushbu musobaqa davomida Ermatov yana bir qator fakt va raqamlarni yangiladi. Xullas, Ravshan Ermatov Osiyo Kubogini yuqori saviyada o‘tkazdi. Kuni kecha FIFA referisi yakuniga etgan musobaqa haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tajribali hakamimiz final bahsidan so‘ng FIFA prezidenti unga minnatdorchilik bildirgani va FIFAning kelgusi musobaqalarida ham ko‘rish istagi borligini aytgan.
- O‘yindan keyin taqdirlash marosimida FIFA prezidenti Janni Infantino sizga nimalar dedi?
- O‘yindan keyingi taqdirlash marosimida Janni Infantino bizni juda iliq qarshi oldi va bugungi o‘yinni har doimgidek a’lo darajada boshqarding, biz bundan juda xursandmiz, seni keyingi FIFA musobaqalarida ham kutib qolamiz deb iliq so‘zlarini aytdi. OFK prezidenti Shayx Salmon ham xuddi shunday so‘zlarni aytib, biz doim senga ishonamiz va hamma vaqt ishonchimizni oqlab kelasan deya biz uchun iliq so‘zlarini aytdi va rahbarlarning ushbu tilaklaridan xursand bo‘ldik.
Ravshan Ermatov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havolada tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar