
Evropa ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi
Xabaringiz bor kecha UEFA Evropa ligasida 1/16 final bosqichning dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra "Napoli" hujumchisi Xose Kalexon musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ta’kidlash kerakki 32 yoshli ispaniyalik futbolchi "Tsyurix"ga (3:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi va jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, nomzodlar orasida shuningdek Ross Barkli ("Chelsi"), Ruben Sobrino ("Valensiya") va Ludek Pernitsa ("Viktoriya") kabi futbolchilar ham bor edi.
Fikrlar