Evropa ligasi. "Vilyarreal" o‘z maydonida Jerrardning jamoasini mag‘lub etolmadi

  • 21 sentabr, 2018, 01:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval UEFA Evropa ligasi guruh bosqichi dastlabki turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Jumladan, Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi o‘z maydonida afsonaviy Stiven Jerrard boshchiligidagi Shotlandiyaning “Reynjers” klubini qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlandi.

"Vilyarreal" Ispaniya – "Reynjers" Shotlandiya - 2:2 (1:0)

Gollar: Bakka, 1 - 1:0, Arfild, 67 - 1:1, Moreno, 69 - 2:1, Laferti, 76 - 2:2

"Vilyarreal": Fernandes, Ruis, Bonera, Migelon, Funes Mori (Moreno, 67), Fornals, Pedrasa, Kasorla, Bakka, Toko-Ekambi (Trigeros, 60), Sansone (Chukvueze, 79).

"Reynjers": Makgregor, Barishich (Dorrans, 85), Taverne, Goldson, Uorrell, Kulibali (Middlton, 70), Arfild, Kent, Xollidey, Kandeyash (Makkrori, 77), Laferti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!