
Evropa Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Evropa Ligasi chorak final javob o‘yinlari o‘z yakuniga etdi va barcha yarim finalchilar aniqlandi. Yarim finalga “Atletiko”, “Arsenal”, “Red Bull Zaltsburg” va “Marsel” klublari yo‘l olishdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalariga ko‘ra, UEFA haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi.
Ushbu nomga “Arsenal” vingeri Muhammad El-Nenni (1 ta gol), “Marsel” a’zosi Dimitri Payet va “Red Bull Zaltsburg” vakili Amadu Aydar (2 tadan golli pas) hamda “Atletiko” posboni Yan Oblak da’vogarlik qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada tovoni bilan TsSKA darvozasiga gol urgan “Arsenal” yarim himoyachisi Aaron Remzi eng yaxshi deb topilgandi.
Fikrlar