
Evra o‘z xizmatlarini "Yuventus"ga taklif etdi
Corriere di Torino nashri aynan bu haqda xabar bermoqda. Ma’lumot uchun, 37 yoshli futbolchi 2014-2016 yillarda ham "keksa sinora" safida to‘p tepgan edi. U hozirda erkin agent maqomidadir.
Evraning so‘nggi jamoasi "Vest Xem Yunayted" bo‘lgan edi. Londonda frantsiyalik futbllchi 5 ta bahsda maydonga tushdi xolos.
"Yuventus" esa ayni vaqtda tarkib bilan bog‘liq muammoga duch kelgan. Himoyachilar Leonardro Bonuchchi, Jorjo Kellini va Andrea Bardzalilar jarohatlari bois turinliklarga yordam bera olishmayapti. Mehdi Benatiya esa Qatarning "Al-Duhayl" klubi safiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar