"Everton" Pikfordni "Atletiko"ga sotishga rozi
Liverpulning "Everton" klubi darvozaboni Jordan Pikford yangi mavsumni Madridning "Atletiko" jamoasida boshlashi mumkin.
Xabarlarga qaraganda “irischilar” 24 yoshli Angliya terma jamoasi posboni uchun 45 mln evro so‘rashmoqda. Aytish lozimki Pikford yozda “matraschilar” safidan ketishi kutilayotgan Yan Oblakning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pikford joriy mavsum APLda jami 31t uchrashuvda maydonga tushib, shularning 7tasida o‘z darvozasi dahlsizligi saqlab qolishga erishgan.



Fikrlar