
"Everton" "Barsa"ning yana bir futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi
Angliyaning "Everton" klubi Minaning transferi borasida "Barsa" bilan kelishuvga erishgan. Sport.es nashrining xabar berishicha, joriy transfer 32 million evro evaziga amalga oshishi ko‘zda tutilmoqda.
23 yoshli Kolumbiya terma jamoasi a’zosi "Everton" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Avvalroq Mina "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borgan, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, muzokaralar to‘xtatib qo‘yildi.
Eslatib o‘tish joizki, "ko‘k-anor ranglilar" safida to‘p tepgan Lyuka Din ham bir necha hafta oldin "Everton" safiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar