Eshkak eshuvchilarimiz yangi mavsumga tayyorlanmoqdalar

CHERY AUTO

 Buning uchun albatta atletlarimizni musobaqalarga munosib tayyorlash talab etiladi. Shu munosabat bilan 20-23 dekabr kunlari Toshkent dengizida mexanik eshkak eshish (sport mashq uskunalarida) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan akademik eshkak eshuvchilar qatnashadilar.

Tecno

Chempionatning birinchi kunida barcha toifadagi sportchilar o‘rtasida 3000 metr masofaga yugurish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kuni sportchilar mexanik eshkak eshish bo‘yicha 2000 metr masofaga kuch sinashadilar. Unda erkaklar, engil vazndagi xotin-qizlar va o‘smirlar qatnashadilar. Uchinchi kuni esa engil vazndagi erkak sportchilar, xotin qizlar yuqoridagi masofaga o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, mexanik eshkak eshish bo‘yicha bahslar maxsus trenajyor uskunalarida tashkil etiladi. Ularga masofani o‘lchovchi hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!