
Errera "Manchester Yunayted"da qolmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera jamoadan ketmoqchi emasligi haqida gapirib o‘tdi.
“Men 160dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etdim va bu ko‘rsatgichni 200taga etkazmoqchiman. Shuning uchun ushbu jamoada o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Mening klub bilan munosabatlarim juda yaxshi. Qolaversa oilam ham Manchesterda baxtli. Bunday jamoada siz har doim asosiy tarkibga loyiq ekanligingizni isbotlashingiz kerak. Ayni damda murabbiy ham, muxlislar ham mendan rozi. Bundan men faxrlanaman”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Erreraning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar