Erkin kurashchilarimiz bronza medali uchun bahs olib borishadi

CHERY AUTO

Ruminiya poytaxtida davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha bahslar qizg‘in davom etmoqda. 

Tecno

Bugun bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda terma jamoamiz musobaqadagi dastlabki medalini qo‘lga kiritishi mumkin. -57 kg vazn toifasida Jahongirmirzo Turobov yarim finalgacha yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdiyu, bu bosqichda hindistonlik raqibiga 8:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi yurtdoshimiz bronza medali uchun Ruminiya va Ukraina terma jamoasi vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

Qolaversa, -79 kgda Isa Shapiev ham bronza medali uchun kechadigan bellashuvda o‘z raqibini kutmoqda. Shuningdek, -70 kgda Ramazon Ibodov chorak finalda mag‘lub bo‘lgach, bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi. Bugungi dasturda yana bir qator vazn toifalarida kurashchilarimiz saralashdan musobaqaga kirishadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!