
Engil atletika: Sitora Hamidova kuchli o‘nlikda
Osiyo o‘yinlarining engil atletika bahslaridan o‘rin olgan 5000 metrga yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Xususan, ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Sitora Hamidova 16 daqiqada kesib o‘tib, 9-o‘rinni band etdi.
Ushbu yo‘nalishda oltin medal bahraynlik Kalkidan Belkaduga nasib etgan bo‘lsa, kumush medalga qirg‘iziston vakilasi Darya Melkova loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikni esa yana bir bahraynlik atlet Buntu Rebitu yakunlab berdi.
Fikrlar