
Eng chaqqon va tezkor yoshlar aniqlandi
Toshkent shahrida 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda 300 dan ziyod sportchi yugurish, sakrash, yadro uloqtirish va uchkurash bo‘yicha kuch sinashdi.
Musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Zaynab Ahatqulova, Lobar Abduqayumova, Marjona Jo‘raeva, Farida To‘lqinboeva, Temur Isroilov, Ruslan Piskunov, Behruz Xo‘janazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka va balandlikka sakrashda Madina Minnulinova, Kseniya Borsheva, Nodir Norboev va Temur Seitg‘oriev g‘alaba qozondi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda T.Seitg‘oriev va M.Minnulinova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Yadro uloqtirishda Fayoz Ayubxonov, Madina Hamzaeva, uchkurash bahslarida Mardonbek Sotvoldiev va Sevinch Sayitqulova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Fikrlar