Emeri eski tanishini "Arsenal"da ko‘rmoqchi

  • 23 yanvar, 2019, 15:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Roma" sport direktori Ramon Monchini o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “kanonirlar” 50 yoshli ispaniyalik mutaxassisni texnik direktor lavozimiga taklif qilishmoqchi.

Qayd etish lozimki, Monchining “Arsenal”ga kelishini jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri ko‘proq xohlamoqda. Boisi, ular “Sevilya”da bir necha yil birga faoliyat olib borishgan.

Ma’lumot uchun, Monchi “Roma”da 2017 yilning aprelidan buyon ishlab kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!