
Emeri "Arsenal" rahbariyatidan sobiq shogirdini sotib olishni so‘ramoqda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa rahbariyatidan "Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banegani sotib olishni so‘ramoqda.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis 30 yoshli argentinalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida “kanonirlar” safiga kelib qo‘shilishini xohlamoqda. Buning uchun esa londonliklar kamida 19 mln evro to‘lashlari lozim.
Ma’lumot uchun, Banega joriy mavsum “Sevilya” tarkibida jami 39ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tish lozimki Banega o‘z vaqtida “Valensiya” hamda “Sevilya” klublarida Emeri qo‘l ostida to‘p surgan.
Fikrlar