Elnur Abduraimov "Uzbek Tigers"ga dastlabki g‘alabani taqdim etdi

CHERY AUTO


"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlarning birinchi jangi 64 kilogramm vazn toifasidagi bokschilari ishtirokida bo‘ldi.

Tecno

Elnur Abduraimov o‘tgan yildan buyon "Uzbek Tigers" jamoasi tarkibida janglarda qatnashib kelmoqda. O‘tgan mavsumda ketma-ket to‘rtta uchrashuvda zafar quchgan hamyurtimizning musobaqadagi beshinchi raqibi Qozog‘iston chempionatlarida muvaffaqiyatli 21 yoshli Dilmurod Mijitov bo‘ldi.Keskin va murosasiz o‘tgan qarama-qarshilikning ilk raundlarida bokschilari ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Biroq keyingi raundlarda bokschimiz faollikni oshirdi va 3:0 hisobida zafar quchdi. 50:45, 49:46, 48:47.

Shunday qilib, hozircha jamoalar o‘rtasidagi hisob 1:0 ko‘rinishini oldi.

Navbatdagi jangda 56 kg vaznda Abdulhay Shorahmatov Ilyas Suleymanovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!