
Elena Isinbaeva Toshkentga etib keldi
Afsonaviy sportchini kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari va ko‘plab sportga ixtisoslashgan OAV ishtirok etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Elena Isinbaeva tashrifi davomida “Nafosat-2019” ayollar spartakiadasining tantanali taqdirlash marosimida ham qatnashadi. Shuningdek, 4 mart kuni 11:00 da MOQda sportchi bilan matbuot anjumani tashkil qilish rejalashtirilgan.
Fikrlar