Ektor Kuper: Muxlislardan yana bir oz sabr so‘rayman

  • 10 sentabr, 2018, 16:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ertaga O‘zbekiston terma jamoasi "Milliy" stadionida Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu o‘yin oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va Otabek Shukurovlar ishtirok etishdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Ektor Kuper: Ertaga men ikkinchi o‘yinda jamoani maydonga olib tushaman. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tishni istardimki, bu o‘yin ham biz uchun sinov bo‘ladi. Ertaga yangi futbolchilar ham maydonga tushishadi. Eron terma jamoasi juda ham jiddiy jamoa. Karlush Keyrush Eronni yaxshi shakllantirgan.  Men ertaga futbolchilardan jamoaviy o‘yinni talab qilaman. Va ko‘rsatmalarimga qanchalik amal qilishlariga ham e’tiborimni qarataman. Bir narsaga aniqlik kiritishni istayman. Biz birinchi o‘yinda himoyani sinab ko‘rgan bo‘lsak ham keyingi o‘yinda faqat xujumni sinaymiz degani emas. Men murabbiy sifatida himoya mudofaa chizig‘idagi xatolarni minimal darajaga tushurishni istayman. Himoya sifatli bo‘lsa xujum ham shunga monand bo‘ladi.  FIFA reytingida O‘zbekiston 95 o‘rinda bo‘lsa, Eron 35 o‘rinda turibdi. Buni ham hisobga olishingizni so‘rayman. Legionerlarimiz jamoaga yaqindagina kelib qo‘shilishdi va ularni ham men xali to‘liq o‘rganishimga vaqt kerak. Eron bilan o‘yinda Suriya bilan bo‘lgan o‘yinga nisbatan o‘sish bo‘lishiga umid qilaman. 

Otabek Shukurov: Ertangi o‘yinda biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Penaltini kim tepishidan qat’iy nazar asosiysi jamoaga manfaat kelsa bo‘ldi. Biz doim bitta jamoa ya’ni bir butun oila kabi bir birimizni hurmat qilamiz.

Ektor Kuper: Men penalti masalasiga oydinlik kiritmoqchiman. Penaltini kim tepishini men hal qilaman. Marat Bikmaevmi Otabek Shukurovmi mening ko‘rsatmamga amalq ilishi shart. Men Maratga penalti bo‘lsa sen tepasan deb aytganman va buni o‘sha vaziyatda futbolchilar bilmasdi. Bu vaziyat sizlarga tushunmovchilik bo‘lib tuyulgan bo‘lsada aslida unday emas.  Jamoada 2-3 tadan bir hil ismli futbolchilar bor. Boshida ozgina qiyinchilik bo‘lsada hozir pozitsiyalari bilan ajrata olaman. Men O‘zbekistonga kelishimdan oldin ularni familiya bo‘yicha yodlagan edim. Ismoilov yoki Krimets deb. Lekin bu erda ismi bilan chaqirilar ekan. Anzur yoki Egor deb. 

Jamoa sardori bo‘lish uchun barchada imkoniyat bor. Kimgadir sen sardor bo‘lasan desam unda xoxish bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab bu jarayon tabiiy bo‘lishi lozim. Muxlislardan yana bir oz sabr so‘rayman. Vaqt o‘tgach hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Har bir muxlis terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etishini xohlaydi. Despasito qo‘shig‘ida aytilganidek hammasi sekin-sekin amalga oshadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!