
Eden Azar: Bolaligimdan "Real"da o‘ynashni orzu qilaman
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar bolaligidan "Real"da o‘ynashni orzu qilishini aytdi.
“Real” – dunyodagi eng zo‘r klub. Yolg‘on gapirmoqchi emasman. Bu mening bolalikdagi orzuim. Men bu klub haqida orzu qilganman. Nima bo‘lishini esa kelajakda ko‘ramiz”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z xisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar