
EChL haftaligining eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli goliga nomzodlar aniqlandi
UEFA matbuot xizmati EChL guruh bosqichi 3-turining eng chiroyli goliga nomzodlarni e’lon qildi.
Bunga PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya, “Real” himoyachisi Marselo, “Manchester Siti” etakchisi Bernardu Silva va “Napoli” hujumchisi Lorentso Insine da’vogarlik qilmoqda.
Shuningdek, EChL ushbu haftasining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga “Roma” hujumchisi Edin Jeko, “Manchester Siti” yarim himoyachisi David Silva, “Liverpul” etakchisi Muhammad Salax va Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachisi Ashraf Hakimi kurash olib borishadi.
UEFA saytida ovoz berish jarayoni ketmoqda, unda barcha muxlislar ishtirok etishlari mumkin.
Fikrlar