
EChL: Turnirni tark etayotgan "Liverpul", keyingi bosqichga yo‘l olgan 12 jamoa va 5-turdan keyin guruhdagi holat
Mana Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvlari ham yakuniga etdi. 8 guruhda kurash olib borayotgan 32 jamoaning turnirdagi keyingi taqdiri deyarli hal bo‘lib ulgurdi.
27 noyabr kungi bellashuvlardan so‘ng 1/8 final yo‘llanmasiga “Barselona”, “Bavariya”, “Ayaks”, “Manchester Siti”, “Real”, “Roma”, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” jamoalari ega bo‘lgan bo‘lsa, kechagi bahslardan keyin ular qatoriga yana 4 jamoa qo‘shildi: “Atletiko”, “Borussiya D”, “Portu” va “Shalke 04”.
18 sentyabr kuni turnirning guruh bosqichi start olgan bo‘lsa, 12 dekabr kuni guruh bosqichining so‘nggi 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Aynan shundan so‘ng 1/8 finalning qolgan ishtirokchilari aniqlanadi. Keyingi bosqichga o‘z guruhida 1- va 2-o‘rinni olgan jamoalargina yo‘l olishadi.
E’tibringizga EChL 2018/19 mavsum guruh bosqichi 5-turidan keyingi holatni taqdim etamiz:
“A”guruhi
Bu guruhda barchasi hal bo‘lgan. Kutilganidek, guruh favoritlari muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qildi. Mavsum boshida "Monako"ning evrokuboklardagi tajribasi raqiblarga muammo tug‘dirishi haqidagi taxmin o‘zini oqlamadi, hattoki Evropa Ligasi yo‘llanmasidan ham quruq qolishdi frantsuzlar. Keyingi tur shunchaki, rasmiyatchilik uchun o‘tadi.
12.12.2018: "Monako" - "Borussiya" Dortmund
12.12.2018: "Bryugge" - "Atletiko"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Atletiko” (Ispaniya) |
5 |
12 |
4 |
0 |
1 |
9 |
6 |
3 |
2 |
“Borussiya D” (Germaniya) |
5 |
10 |
3 |
1 |
1 |
8 |
2 |
6 |
3 |
“Bryugge” (Belgiya) |
5 |
5 |
1 |
2 |
2 |
6 |
5 |
1 |
4 |
“Monako” (Frantsiya) |
5 |
1 |
0 |
1 |
4 |
2 |
12 |
-10 |
"V" guruhi
Garchi guruhda "Barselona" favorit deya hisoblangan bo‘lsada, "Tottenxem" va "Inter"dan 1/8 final yo‘llanmasi tortib olish oson kechmasligi kundek ravshan edi, biroq raqiblar kataloniyaliklarga munosib qarshilik qila olishmadi va "Barsa" katta ustunlik bilan navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Guruhdagi ikkinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun endi "Tottenxem" safarda "Barselona" qarshigini engishga harakat qilsa, "Inter" Milanda PSVni sinovdan o‘tkazadi. Agar uchrashuvlar durang bilan yakunlanadigan bo‘lsa, to‘plar nisbati va o‘zaro o‘yinlardagi natijalarga ko‘ra, londonliklar keyingi bosqichga ravona bo‘lishadi.
12.12.2018: "Barselona" - "Tottnexem"
12.12.2018: "Inter" - PSV
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Barselona” (Ispaniya) |
5 |
13 |
4 |
1 |
0 |
13 |
4 |
9 |
2 |
“Tottenxem” (Angliya) |
5 |
7 |
2 |
1 |
2 |
8 |
9 |
-1 |
3 |
“Inter” (Italiya) |
5 |
7 |
2 |
1 |
2 |
5 |
6 |
-1 |
4 |
PSV (Gollandiya) |
5 |
1 |
0 |
1 |
4 |
5 |
12 |
-7 |
"S" guruhi
Turnirning "o‘lim guruh"laridan biri. Qur’a tashlash marosimidan keyin ushbu guruhdan qaysi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l olishi aytish qanday mushkul bo‘lgan bo‘lsa, hozir ham shunday. Intriga so‘nggi turgacha saqlanib qolindi. Parijdagi mag‘lubiyat Yurgen Klopp shogirdlarining imkoniyatlarini ancha paysatirib yubordi. Endi "Liverpul"ni so‘nggi turda "Napoli" bilan bo‘ladigan o‘yinda faqatgina g‘alaba qanoatlantiradi. Yo‘q, siz o‘ylagan 1:0 hisobi emas, kamida 2 ta to‘p farqi bilan yutish talab qilinadi. PSJning guruh autsayderi “Tsrvena Zvezda” to‘sig‘idan o‘tishiga hech kim shubha qilmasa kerak, ammo bu jamoada EChL bo‘lmasa ham, Evropa Ligasida ishtirok etish imkoni bor. Buning uchun ularga parijliklar ustidan g‘alaba va "Liverpul"ning mag‘lubiyati yordam beradi.
12.12.2018: “Tsrvena Zvezda” - PSJ
12.12.2018: "Liverpul" - "Napoli"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Napoli” (Italiya) |
5 |
9 |
2 |
3 |
0 |
7 |
4 |
3 |
2 |
PSJ (Frantsiya) |
5 |
8 |
2 |
2 |
1 |
13 |
8 |
5 |
3 |
“Liverpul” (Angliya) |
5 |
6 |
2 |
0 |
3 |
8 |
7 |
1 |
4 |
“Tsrvena Zvezda” (Serbiya) |
5 |
4 |
1 |
1 |
3 |
4 |
13 |
-9 |
"D" guruhi
Bu guruhda EChL 1/8 final yo‘llanmalari o‘z egalarini topib bo‘ldi, endi Evropa Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash ketadi. Moskvaliklarga qaragandan yaxshiroq imkoniyatga turk jamoasi ega bo‘lib turibdi, ammo bu hammasi hal bo‘ldi degani emas. Turklar so‘nggi turda guruh etakchisi "Portu"ni o‘z maydonida qabul qilsa, rus jamoasi EL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun Germaniyada "Shalke 04"ni mag‘lub etib, narigi o‘yinda "Galatasaroy"ning mag‘lubiyati yoki hech bo‘lmaganda durang natijani kutishi zarur.
11.12.2018: "Galatasaroy" - "Portu"
11.12.2018: "Shalke 04" - "Lokomotiv"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Portu” (Portugaliya) |
5 |
13 |
4 |
1 |
0 |
12 |
4 |
8 |
2 |
“Shalke 04” (Germaniya) |
5 |
8 |
2 |
2 |
1 |
5 |
4 |
1 |
3 |
“Galatasaroy” (Turkiya) |
5 |
4 |
1 |
1 |
3 |
3 |
5 |
-2 |
4 |
“Lokomotiv” (Rossiya) |
5 |
3 |
1 |
0 |
4 |
4 |
11 |
-7 |
"E" guruhi
"Bavariya" o‘z yo‘lida davom etmoqda. Guruhning ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash golland va portugal jamoalari o‘rtasida kechishi aniq edi, ammo bu kurashda "uchar golland"lar ustun chiqishdi. Har doimgidek AEK jamoasi boshqalar ochko ulashadigan "o‘lcha" bo‘lib qoldi va grandlardan birorta ochko olishning uddasidan chiqmadi. Faqatgina endi "Ayaks" va "Bavariya" so‘nggi turda guruh etakchiligi masalasini hal qilib olishadi. Bunda myunxenliklarni durang ham qoniqtiradi.
13.12.2018: "Ayaks" - "Bavariya"
13.12.2018: "Benfika" - AEK
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Bavariya” (Germaniya) |
5 |
13 |
4 |
1 |
0 |
12 |
2 |
10 |
2 |
“Ayaks” (Gollandiya) |
5 |
11 |
3 |
2 |
0 |
8 |
2 |
6 |
3 |
“Benfika” (Portugaliya) |
5 |
4 |
1 |
1 |
3 |
5 |
11 |
-6 |
4 |
AEK (Gretsiya) |
5 |
0 |
0 |
0 |
5 |
2 |
12 |
-10 |
"F" guruhi
Guruh favoriti "Manchester Siti" so‘nggi turda hotirjam o‘ynaydi. Chunki ular keyingi bosqichga chiqib bo‘lishdi. Ammo guruhda yana bitta EChL 1/8 final va Evropa Ligasi yo‘llanmasi bor. "Xoffenxaym" bunda faqatgina EL uchun kurash olib boradi. Buning uchun nemislar Manchesterda "shaharliklar"ni engishi va narigi o‘yin natijasini kutishi zarur. EChL keyingi bosqichga chiqishda "Lion"ni durang ham qoniqtiradi, biroq o‘yin Ukrainada "Shaxter" maydonida o‘tishini hisobga olsak, bu oson bo‘lmaydi. Xullas, kurash so‘nggi daqiqalargacha davom etadi.
13.12.2018: "Manchester Siti" - "Xoffenxaym"
13.12.2018: "Shaxter" - "Lion"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Manchester Siti” (Angliya) |
5 |
10 |
3 |
1 |
1 |
14 |
5 |
9 |
2 |
“Lion” (Frantsiya) |
5 |
7 |
1 |
4 |
0 |
11 |
10 |
1 |
3 |
“Shaxter” (Ukraina) |
5 |
5 |
1 |
2 |
2 |
7 |
15 |
-8 |
4 |
“Xoffenxaym” (Germaniya) |
5 |
3 |
0 |
3 |
2 |
10 |
12 |
-2 |
G" guruhi
Guruhda EChL yo‘llanmalari tugadi. Favoritlar unga ega chiqishdi. Bir xil imkoniyatga ega bo‘lib turgan autsayderlar esa so‘nggi imkoniyat Evropa Ligasida ishtirokni davom ettirish uchun kurash olib boradi. Buning uchun TsSKAdan 6-turda Madridda "Real"ni mag‘lub etish talab qilinsa, chexlar o‘z maydonida "Roma"ni taslim qilishlari kerak, ammo bunga favoritlar yo‘l qo‘yisharmikan?!
12.12.2018: "Real" - TsSKA
12.12.2018: "Viktoriya Plzen" - "Roma"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Real” (Ispaniya) |
5 |
12 |
4 |
0 |
1 |
12 |
2 |
10 |
2 |
“Roma” (Italiya) |
5 |
9 |
3 |
0 |
2 |
10 |
6 |
4 |
3 |
“Viktoriya Plzen” (Chexiya) |
5 |
4 |
1 |
1 |
3 |
5 |
15 |
-10 |
4 |
TsSKA (Rossiya) |
5 |
4 |
1 |
1 |
3 |
5 |
9 |
-4 |
"N" guruhi"
Ushbu guruhda ham barchasi hal bo‘ldi, faqatgina endi guruhda etakchilikni aniqlash qoldi xolos. Agar Joze Mourino shogirdlari birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishni istasa, Ispaniyada "Valensiya"ni mag‘lub etishi va "Yuventus"ning mag‘lubiyatini kutishi kerak, ammo Allegri shogirdlari Shveytsariyada bunga yo‘l qo‘ymasa kerak.
13.12.2018: "Yang Boyz" - "Yuventus"
13.12.2018: "Valensiya" - "Manchester Yunayted"
№ |
Jamoa |
O‘ |
O |
G‘ |
D |
M |
Ur |
O‘t |
+/- |
1 |
“Yuventus” (Italiya) |
5 |
12 |
4 |
0 |
1 |
8 |
2 |
6 |
2 |
“Manchester Yunayted” (Angliya) |
5 |
10 |
3 |
1 |
1 |
6 |
2 |
4 |
3 |
“Valensiya” (Ispaniya) |
5 |
5 |
1 |
2 |
2 |
4 |
5 |
-1 |
4 |
“Yang Boyz” (Shveytsariya) |
5 |
1 |
0 |
1 |
4 |
2 |
11 |
-9 |
P.S. 6-tur uchrashuvlari sanalari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Fikrlar