EChL. "Real"dan 3:0 hisobida ustun kelgan TsSKA guruhda hech vaqosiz qoldi

  • 13 dekabr, 2018, 00:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" o‘z maydonida TsSKAni qabul qildi va "mehmonnavozlik"ni biroz oshirib yuborib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Gollarga Fyodor Chalov, Georgiy Shennikov va Arnor Sigurdssonlar mualliflik qilishdi.

Tecno

Ammo "armiyachilar"ga musobaqaning amaldagi g‘olibi ustidan qozonilgan yirik g‘alaba tatimadi. Boisi, "Viktoriya" "Roma"ni 2:1 hisobida engib, o‘z ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi va qo‘shima ko‘rsatkichlar tufayli guruhda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘z uyida 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan Santyago Solari shogirdlari esa 12 ochko bilan kvartetda g‘olib chiqdi, madridliklardan 3 ochko kam jamg‘argan "Roma" esa 2-o‘rin bilan pley-offga chiqdi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!