EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar

  • 6 aprel, 2017, 22:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun biz sizlarni “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar bilan tanishtiramiz.

Tecno

>>“Lester” va EChLdagi debyut mavsumida chorak finalga chiqqan 5 jamoa

>>EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati

>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

1. Har ikkala jamoa ham anchadan buyon chorak finalda ishtirok etishmagan. Dortmundliklar so‘nggi bor 2013/14 yilgi mavsumda EChL chorak finalida o‘ynagan. “Monako” esa 2014/15 yilgi mavsumda chorak finalda o‘ynagan;

2. “Borussiya” so‘nggi 4 safardan buyon chorak finalda uyda o‘tgan o‘yinlarni o‘z foydasiga xal etib kelmoqda;

3. Dortmundliklar so‘nggi 5 yil ichida to‘rtinchi bor evrokuboklar chorak finalida to‘p surmoqda;

4. “Borussiya”ning pley-off bosqichida frantsuz jamoalari bilan o‘zaro o‘yindagi statistikasi 3 g‘alaba va 1 durang;

>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”

5. Dortmund klubining o‘z maydonida frantsuzlarga qarshi o‘yinlari statistikasi esa quyidagicha: 3 g‘alaba, 3 durang va 1 mag‘lubiyat;

6. “Monako” so‘nggi 3 yil ichida ikkinchi bor EChL chorak finaliga chiqmoqda;

7. “Monako”ga qadar hech bir jamoa pley-offda 6 ta gol o‘tkazib ham keyingi bosqichga chiqqan emas;

8. O‘z navbatida “Manchester Siti”ga qadar hech bir jamoa pley-offda 6 ta gol urib ham turnirdagi yurishini yakunlagan emas;

>>APL hujumchilari bitta golni necha daqiqada kiritishadi?

9. “Monako” bu mavsum Germaniyada “Baqer” mehmoni bo‘lishga ulgurdi va safardan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan ortga qaytishga majbur bo‘ldi;

10. Monegaskliklarning Germaniyadagi o‘yinlardagi statistikalari quyidagicha: 3 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat.

Tavsiya etamiz: 

Shaxzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!