
EChL. "Benfika"ga 5 ta gol urgan "Bavariya" 1/8 finalda
Myunxendagi "Alyants-Arena"da kechgan bellashuvda mezbonlar 5:1 hisobida zafar quchishdi. Robben (2 ta), Levandovski (2 ta) va Riberilar tomonidan kiritilgan gollarga lissabonliklar safida Jedson Fernandesh bir bor javob qaytara oldi xolos.
Shu tariqa myuxenliklar hisobidagi ochkolar soni 13 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 11 ochkoga ega bo‘lgan "Ayaks" esa 2-pog‘onani egallab turibdi. "Benfika" (4 ochko) esa Evropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Fikrlar