Draksler faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin

  • 9 avgust, 2018, 13:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi rahbariyati PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi TMW.

Tecno

Manbada yozilishicha, “rossonerilar” yangi sport direktori Leonardo bilan “Latsio” a’zosi Sergey Milinkovich-Savich bilan kelishuvga erisha olishmagach, e’tiborni 24 yoshli nemis futbolchisiga qaratdi.

Ma’lum bo‘licha, himoyachi Rikardo Rodriges Draksler transferining bir qismiga aylanishi mumkin. Sababi Tomas Tuxel jamoasiga qanot himoyachisi olib kelishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsum nemis futbolchisi jami 43 o‘yinda 5 gol va 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Drakslerning PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. transfermarkt.de’ portaliga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!