Dilmurod Mijitov: Muxlislar murosasiz bahslarga guvoh bo‘ladi

CHERY AUTO

"Uzbek Tigers" - "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalari bahsidagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biri 64 kilogramm vazn toifasida bo‘ladi. Bu bahsda jahon chempionati sovrindori Elnur Abduraimov Qozog‘iston chempionatlari sovrindori Dilmurod Mijitov bilan bellashadi.

Tecno
 

Qozog‘istonlik iste’dodli bokschi SPORTS.uz axborot portaliga intervyu berdi.

- Dilmurod Toshkentga xush kelibsiz...

- Avvalo, assalomu aleykum! O‘zbekistonliklar bizni juda do‘stona kutib olishgani meni xursand qildi. Biz uchun barcha sharoitlarni taxt qilib qo‘yishgan ekan. Mehmondo‘stlik uchun katta rahmat.

- Uchrashuvdan nimalar kutyapsiz?

- Men "Uzbek Tigers" kuchli jamoa ekanini aytishni istardim. Shunga yarasha biz ham mashg‘ulotlarda puxta tayyorlandik. "Uzbek Tigers" va "Astana Arlans Kazakhstan" ushbu musobaqadagi eng kuchli jamoalardan. Shuning uchun muxlislar keskin va murosasiz bahsga guvoh bo‘lishadi.

- Kim yutadi?

- Aytganimdek har ikki jamoa kuchli. Ringda kuchli tomon g‘alaba qozonadi.

- Dilmurod suhbat uchun rahmat.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!