Diego Godin "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istamadi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha garchi MYu 32 yoshli urugvaylik futbolchi uchun yiliga 9 million evro maosh taklif qilgan bo‘lsada, u “matraschilar” safida qolishga qaror qilgan.
Ta’kidlash lozimki, "Manchester Yunayted" Godin uchun “Atletiko”ga uning shartnomasida ko‘rsatilgan 30 million evrolik tovon pulini to‘lashga ham rozi edi.



Fikrlar