
Diego Godin "Atletiko"ning o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Atletiko" Madrid klubi himoyachisi Diego Godin muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra jamoaning noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Aytish lozimki urugvaylik futbolchi o‘tgan oy bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etdi. Ammo, u o‘sha “Atletik” Bilbaoga (3:2) qarshi o‘yinda jarohati bilan bo‘lsada uchrashuv yakuniga qadar jamoasiga yordam berdi va so‘nggi daqiqalarda g‘alaba goliga mualliflik qilib, o‘yin qahramoniga aylandi.
Ma’lumot uchun, Godin joriy mavsum “matraschilar” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar