Dibala: EChLda g‘olib chiqish uchun barcha jamoani mag‘lub qilish zarur

  • 13 dekabr, 2018, 15:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala “Yang Boyz”ga qarshi EChL gruh bosqichi 6- tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Safarda mag‘lubiyat turinlikga guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishiga xalaqit bera olmadi.

Tecno

Men hisobga olinmagan golni qayta ko‘rmadim, ammo eng muhimi biz guruhda g‘olib chiqdik. “Valensiya”ga “Manchester Yunayted”ni mag‘lub qilgani uchun rahmat. Birinchi bo‘limda biz o‘z imkoniyatlarimizni boy berdik, raqib ishonchli o‘ynadi. Bu og‘riqlik mag‘lubiyat, chunki biz bu erga g‘alaba uchun kelgan edik, ammo bu bizga saboq bo‘ladi, – deydi Dibala.

Qur’a? Evropa chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun 1/8 finalga chiqqan barcha jamoalarni mag‘lub qilish talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!