"Devis kubogi". Yangi mavsumda Denis Istomin va Novak Jokovich qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin

  • 27 sentabr, 2018, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan «Devis kubogi» bahslari keyingi yildan yangicha formatda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, saralash bosqichida 24ta terma jamoa 12 juftlikda ishtirok etadi.

Tecno

Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Kuni kecha musobaqaning saralash bahslariga Qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimiz 2019 yilning fevral oyida Serbiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldilar. Qayd etish lozimki, Serbiya terma jamoasi safida jahonning sobiq birinchi raketkasi, taniqli Novak Jokovich ham kortga chiqishi mumkin.

To‘qnashuv g‘olibi turnirning asosiy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘yinlar 2019 yilning 1-2 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Saralash bosqichi juftliklari:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!