
Denisovning jamoasi nazorat bahsida turk klubini mag‘lubiyatga uchratdi
Ayni damda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi bugun o‘zining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Turkiyaning "Akxisar Belediespor" klubiga qarshi maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 2:1 hisobida “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, shu kuni moskvaliklar safida hamyurtimiz Vitaliy Denisov uchrashuvning 46-daqiqasidan boshlab maydonda harakat qildi.
"Lokomotiv" - "Akxisar Belediespor" 2:1
Gollar: Barboza, 45 - 0:1, Anton Miranchuk, 61 - 1:1, Barinov 80 - 2:1
"Lokomotiv": Gilerme (Medvedev 46), Kverkveliya, Idovu (Denisov 46), Rotenberg (Mixalik 46), Rybus, Tarasov, Barinov, Manuel Fernandesh, Miranchuk, Miranchuk, Eder.
Fikrlar