Denis Istominga omad tilaymiz

  • 20 oktabr, 2018, 11:30
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Kelasi hafta Shveytsariyaning Bazel shahri ATR doirasidan o‘rin olgan navbatdagi yirik musobaqaga mezbonlik qiladi. Bugun musobaqaning asosiy to‘riga chiqish uchun saralash bahslari boshlanadi. 

Tecno

Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kvalifikatsiyaning birinchi bosqichida serbiyalik Dusan Layovich bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. O‘yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 16:30 ga to‘g‘ri keladi. 

Ma’lumot uchun, Istomin ayni paytda jahon reytingida 89-pog‘onada turgan bo‘lsa, serbiyalik raketka ustasi roppa-rosa 50-o‘rinni band etgan. Tennischilar shu paytgacha 2 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, unda bir martadan zafar quchishgan. Bo‘lajak bahsda yurtdoshimizga omad tilaymiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!