
Denis Istomin juftlik bahslarida engildi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Chikago shahrida o‘tkazilayotgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Chicago Challenger" turnirining juftlik bahslarida ishtirok etdi.
Denis sovrin jamg‘armasi 150.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning juftliklar o‘rtasida frantsiyalik Xyugo Nis bilan amerikalik Markos Xiron hamda Tan Son Kvyatovski tandemiga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, ushbu uchrashuvda Denis va Xyugo 6:2, 4:6, 4:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi Denis Istomin musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirok etadi.
Fikrlar