
Denis Istomin endi Bolgariyada o‘ynaydi
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida ertaga tennis bo‘yicha nufuzli Professional tennischilar uyushmasi (ATP) tomonidan "Sofia Open" musobaqasi tashkil etiladi.
Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin musobaqaning asosiy to‘r bahslarining dastlabki davrasida italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, turnirining mukofot jamg‘armasi 586,140 evroni tashkil qiladi. Musobaqa g‘olibi 90,390 evro pul mukofoti bilan birgalikda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ladi.
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA muxbiri
Fikrlar