
De Xea bugun "Arsenal"ga qarshi bahsda MYuga yordam berolmaydi
"Manchester Yunayted" klubining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yin qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.
Manchester Evening News tarqatgan xabarga ko‘ra darvozabon David de Xea va himoyachi Antonio Valensiya bugungi bahsda “qizil iblislar”ga yordam bera olmaydi. Ayni damda MYu lazaretida Kris Smolling, Maruan Fellayni va Markos Roxolar qolishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" va "Manchester Yunayted" uchrashuvi bugun "Emireyts"bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:55 da boshlanadi.
Fikrlar