De Xea "Manchester Yunayted"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi

  • 28 fevral, 2019, 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi darvozaboni David De Xea jamoa rahbariyatiga yangi shartnoma bo‘yicha o‘zining moliyaviy talabini e’lon qildi.

Tecno

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi yiliga 29 mln evro maosh talab qilmoqda va MYuning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanmoqchi. Ta’kidlash kerakki, ayni damda “qizil iblislar” tarkibida eng ko‘p maoshni Aleksis Sanches oladi. Chililik hujumchining yillik maoshi 29 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, De Xeaning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, mankuanliklar ushbu kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!